
Talaba-yoshlar ma’naviyatini rivojlantirishda, ularning dunyoqarashi va fikrlash doirasini kengaytirishda tyutorlarning roli katta, albatta. Tyutor har bir talabaning qarashlari, orzu-maqsadlarini bilishi, ularni amalga oshirishda koʻmakchi boʻlishi talab qilinadi.
Andijon davlat chet tillari institutida hozirgi kunda 13 nafar tyutorlar faoliyat olib bormoqda. Ularning oʻzlariga biriktirilgan talaba-yoshlar bilan olib borayotgan ishlari, oʻtkazayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari, sport musobaqalari institut ma’muriyati tomonidan doimiy nazorat qilib boriladi.
Shu munosabat bilan Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor B.R.Axmedov raisligida tahliliy-tanqidiy yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilish davomida tyutorlar ish faoliyati o’rganilganda aniqlangan kamchiliklar xususida so’z yuritilib, ularni bartaraf uchun qanday choralar koʻrilishi yuzasidan koʻrsatmalar berib oʻtildi. Tyutorlar oʻz faoliyatini nizom asosida tashkil qilishi, yillik rejalar jadvalidagi har bir tadbirni koʻtarinki ruhda oʻtkazish, talaba-yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, ularni turli toʻgaraklar, «Besh muhim tashabbus markazi» qoshidagi toʻgaraklarga jalb qilish lozimligi ta’kidlab oʻtildi.
Bundan tashqari, Talabalar turar joylari, ijara xonadonlarida istiqomat qilib, tahsil olayotgan talaba-yoshlar xolidan doimiy xabar olish, ular uchun darsdan boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish chora-tadbirlarini koʻrish boʻyicha takliflar bildirildi.