«IBRAT FARZANDLARI» MARAFONIGA START BERILDI

Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining “IBRAT Farzandlari” loyihasi 2022-yil noyabr oyida oʻz ishini boshladi. Mazkur loyihadan koʻzlangan asosiy maqsad bu – xorijiy tillarni malakali ustozlar bilan bepul, sodda va kreativ usulda oʻrgatishdan iboratdir.

Baliqchi tumani yoshlari uchun maxsus «Ibrat farzandlari marafoni» tashkil etildi. Loyihaning eng jonkuyar insonlari Rustam Qoriyev, Iskandar Ulugʻbekovich, Feruza Uralova hamda Zamira Turgʻunboyevalar Baliqchi tumanidagi Webking academy binosida yoshlar bilan ochiq muloqot qildilar.

U yerda Andijon davlat chet tillari institutidan birinchi prorektor B.Axmedov boshchiligida vakillar: Yoshlar ittifoqi BT yetakchisi I.Abdulxamidov, koordinatorlar hamda bir nechta talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

1 Response

Leave a Reply

Skip to content