«RAHBAR AYOL IMIDJI» MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI BO‘LIB O‘TDI

Zamonaviy rahbar imijini yaratish – bu uning yuzi, kiyinishi, qalbi, sog‘lom fikri, muomala madaniyati, boshqaruvchilik san’atini mukammal egallovchi shaxs,  kompetentlik: bilimi, tafakkuri, kasbiy mahorati, farosati, kamtar, xushmuomalali kabi insoniy fazilatlar, go’zallik, axloqiylik, o‘git va ibrat, ustoz va shogird an’analariga tayangan holda insonning nufuzini ko’tarish, obro‘yini oshirish, hurmatga sazovor bo‘lishdir.

Shu munosabat bilan bugun – 24.01.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti Axborot resurs markazida institut Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi N.Qodirova, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchisi M.Saliyeva, Umumiy va qiyosiy tilshunoslik kafedrasi mudirasi Z.Kobulova hamda ARM rahbari N.Rustamovalar boshchiligida «Rahbar ayol imidji» mavzusi bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Suhbat mobaynida rahbar ayolning imidji qanday bo‘lishi va kiyinish tartibi bo‘yicha muzokara olib bordilar. Yakunda esa talaba-qizlarga mana shu mavzu haqida maslahatlar berib o‘tdilar.

Leave a Reply

Skip to content