TALABALAR MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA TADBIR O’TKAZDILAR

Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz tili va adabiyoti fakulteti tyutorlari M.Baltabayeva, A.Ataboyev va iste’dodli talabalar jamoasi Andijon viloyati IIB tasarrufidagi «Paxtaoy» maktabgacha ta’lim tashkiloti jamoasi va tarbiyalanuvchilari bilan hamkorlikda O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlab, «Vatanga xizmat qilish-oliy saodat» shiori ostida badiiy-kompozitsion dastur namoyish etdilar.

Tadbir yakunida talabalar tomonidan bolajonlarga bayram sovg’alari taqdim etildi.

Leave a Reply

Skip to content