Andijon davlat chet tillari institutining joriy o’quv yili hisobidan 5-Kengash yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilish davomida bir qator masalalar ko’rib chiqildi.
Dastlab institut rektori D.A.Rustamov kun tartibidagi 1-masala yuzasidan so’z yuritib, dekabr oyi davomida hukumat tomonidan chiqarilgan qaror va farmonlarga to’xtalib o’tdi. Ayniqsa, Prezident Sh.Mirziyoyev raisligida o’tkazilgan Ma’naviyat va ma’rifat Kengashida ko’tarilgan masalalarni sharhlar ekan, institut ma’muriyati tomonidan amalga oshirish lozim bo’lgan ishlar bo’yicha mas’ullarga ko’rsatmalar berdi.
Shundan so’ng o’quv ishlari bo’yicha pororektor E.Kurbanov so’zga chiqib, kuzgi semestrning oraliq nazoratlaridan qolib ketgan talabalar masalasini ko’tarib, ularning yakuniy nazoratga qadar, lozim bo’lsa, onlayn tarzda bo’lsa-da qoldirgan darslarini qayta o’zlashtirish tizimini yaratish lozimligini ta’kidlab o’tdi. Yakuniy nazoratlar boshlangani va ularning qay tartibda olib borilishini aytib o’tdi.
Keyingi masala yuzasidan ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor M.Kurbanov so’zga chiqib, 2023-yil davomida institutda ilmiy salohiyatni oshirish, iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’yicha olib borilgan loyihalar xususida so’z yuritdi, hisobot taqdimotini namoyish etdi.
Kengashda bundan tashqari ham bir qator institut faoliyati, professor-o’qituvchilarning dars mashg’ulotlarini sifatli olib borishi, talaba-yoshlarning yaxshi ta’lim olishi yuzasidan masalalar ko’tarilib, mas’ullar tomonidan fikr-mulohazalar bildirildi.