INSTITUT PROFESSOR-O’QITUVCHILARI TARG’IBOT TADBIRLARIDA ISHTIROK ETMOQDALAR

2023-yilning 22-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raisligida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi yig’ilishi bo’lib o’tib, unda bir qator muhim masalalar ko’tarilganidan xabaringiz bor.

Ushbu masalalardan xalqni xabardor qilish, mazmun-mohiyati bilan tanishtirish maqsadida bir qator hamkor tashkilotlar mahallalarda bo’lib, aholi bilan uchrashuvlar tashkil qilmoqdalar.

Xususan, Baliqchi tumanining Yangi O’zbekiston, Mumtoz, Chinobod, Islomobod, O’lmas, Ziyokor, Oqqo’rg’on, Omonariq, Muqanna, Sirmoq MFYlarida bo’lib o’tgan «Yangi hayot uchun, Yangi O’zbekiston uchun!» shiori ostida «Mahallada duv-duv gap» targ’ibot tadbirlarida Andijon davlat chet tillari institutining bir qator professor-o’qituvchilari ham ishtirok etib, aholining huquqiy va ma’naviy savodxonligi ortishiga xizmat qildilar.

Leave a Reply

Skip to content