RUSTAMOV DILSHODBEK ABDUVAHIDOVICH – MOSKVADAGI PUSHKIN NOMIDAGI RUS TILI DAVLAT INSTITUTINING FAXRIY PROFESSORI

Ayni kunlarda o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yish yuzasidan muzokaralar olib borish maqsadida Andijon davlat chet tillari instituti delegatsiyasi rektor D.A.Rustamov boshchiligida Rossiya Federatsiyasining Moskva shahridagi A.S.Pushkin nomidagi Rus tili davlat institutida bo’lib turibdilar.

Biz uchun quvonarlisi shundaki, 2024-yildan boshlab hamkorlikda doktorantura, magistratura mutaxassisligi va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish va xalqaro grant doirasida innovatsion loyihalar amalga oshirish bo’yicha hamkorlik shartnomasining imzolanishida tashabbuskorligi uchun institutimiz rektori Rustamov Dilshodbek Abduvahidovichga Pushkin nomidagi Rus tili davlat institutining faxriy professori unvoni topshirildi. Unvonni institut rektori Truxanovskaya Natalya Sergeyevna topshirdi.

O’z navbatida Andijon davlat chet tillari instituti mehnat jamoasi Dilshodbek Abduvahidovichni ushbu sharafli unvon bilan muborakbod etgan holda olib borayotgan ish faoliyatida omad va zafarlar tilaydi.

Leave a Reply

Skip to content