Xabaringiz bor, Andijon davlat chet tillari institutida Yoshlar forumi doirasida – 20.12.2023-yil kuni soat 10:00 hamda 14:00 da «Rahbar va yoshlar» uchrashuvi bo’lib o’tishi belgilangan edi.
Belgilangan dastlabki uchrashuv 10:00da bo’lib o’tdi. Unda institutning Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektori B.R.Axmedov hamda Ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan rektor maslahatchisi A.Normuratov talaba-yoshlar bilan uchrashib, o’zaro fikr almashdilar. Bundan tashqari talabalardan tushishi mumkin bo’lgan taklif va loyihalarni amalga oshirishda ko’maklashishi ko’zda tutilgan holda bo’lim boshliqlari, fakultet dekanlari ham taklif etilgan.
Uchrashuv davomida mas’ullar tomonidan hisobotlar o’qib eshshitirilib, yangi yilda ko’zda tutilgan rejalarga to’xtalib o’tdilar. Shundan so’ng talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot boshlanib, o’nlab talabalar o’z fikrlari, taklif hamda tashabbuslarini o’rtaga tashladilar. O’z o’rnida mas’ullar bularga javob qaytardilar. Uchrashuv so’nggida Prezident hamda nomdor stipendiya sohibasiga aylangan va ushbu yonalishda tanlovda faol ishtirok etgan talabalar taqdirlandilar.