
Azal-azaldan bayram arafalarida qo’ni-qo’shni, qarindosh-urug’, do’st-birodar bilan bir qatorda bemor, ehtiyojmand, ko’makka muhtoj insonlar xolidan xabar olish o’zbek millatiga xos bo’lgan go’zal udum, an’ana sanaladi.
Yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami arafasida Andijon davlat chet tillari instituti jamoasi ham ana shunday xayrli ishga qo’l urdi. Bugun – 30.12.2023-yil kuni institut rektori D.A.Rustamov boshchiligida Paxtaobod tumanida istiqomat qiluvchi ana shunday xonadonlarning ikkitasiga tashrif buyurilib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari tortiq etildi.