«TEATR – BU IBRATXONADUR»

🔰Teatrni ma’rifatparvar Mahmudxo’ja Behbudiy ana shunday atagan bo’lsa, bugun yurtboshimiz, teatrni ma’naviyat o’chog’i, ijod ahlini esa inson qalbining muhandislari deya yuksak ta’riflaydilar. Haqiqatdan ham teatr har qanday davrda, hayotiy saboqlar beruvchi jonli vosita hisoblangan. Inson ma’naviyatini yuksaltirishda teatrning alohida o’rni bor.

✅Bugun Andijon viloyati Barkamol avlod bolalar maktabi tadbirlar zalida Andijon viloyat yoshlar teatri tomonidan Usmon Azim qalamiga mansub «Kunduzsiz kechalar» asari asosida sahnalashtirilgan «Cho’lpon» spektakli namoyish etildi.

➡️Unda Andijon davlat chet tillari institutining 500 dan ortiq talaba-yoshlari ishtirok etib, o’zlariga ulkan ma’naviy ozuqa oldilar. Mustaqillik o’z-o’zidan qo’lga kiritilmagani, uni asrab-avaylash har bir bugungi kun avlodining burchi ekani yuzasidan tushunchalarga ega bo’ldilar. Ijrochilarning mahorati har bir talabaning qalbidan joy olib jadidchilik harakati namoyondalari bo’lgan ajdodlarimizga, erk uchun, ozodlik uchun kurashgan dovyurak millatimiz vakillariga muhabbatlari ortdi.

Leave a Reply

Skip to content