
O‘quv qayda bo‘lsa, ulug‘lik bo‘lur,
Bilim qayda bo‘lsa, buyuklik bo‘lur.
Yusuf Xos Hojib
Bugun – 23.11.2023-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti, Xo’jaobod tumani hokimligi, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi o’rtasida Xo’jaobod tumanidagi umumta’lim maktablarida chet tillarini o’rgatish bo’yicha kelishuv memorandumi imzolandi.
Dastlab institut o’quv-uslubiy bo’limi boshlig’i S.Toshtonov tomonidan memorandum maqsad-vazifalari, tomonlar majburiyatlari xususida ma’ruza qilib o’tdi.
Shundan so’ng tuman hokimi O’.Shukurov hamda institut rektori D.Rustamovlar memorandum ijrosi doirasida olib boriladigan ishlar va bunda rahbarlar tomonidan yaratib beriladigan shart-sharoitlar haqida fikrlarini bildirdilar.
Shundan so’ng tomonlar rasmiy tarzda memorandumni imzoladilar.