RANGLAR JILOSIDA OLTIN KUZ TASVIRI

Kuz boshqa fasllardan o’zining ma’sumligi, sokinligi, o’zigagina xos go’zal ko’rinishi bilan ajralib turadi. Yomg’irlarning shitirlab yog’ishi-yu, daraxt barglarining sarg’ayib yer ustini qoplashi har bir ijodkorni ijod qilishga undaydi.

Andijon davlat chet tillari institutida Roman-german va slavyan tillari fakulteti tyutorlari: O.Azimova, G.Muhitdinova, N.Mo’minova, S.Eshonqulov, A.Ashuraliyev hamda Yoshlar ittifoqi koordinatori A.Sultanov tomonidan talabalar oʻrtasida «Oltin kuz» mavzusida rasmlar tanlovi oʻtkazildi.

Dastlab tanlovni fakultetning yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari A.Yunusov ochib berdi va ishtirokchilarga omad tiladi.

Tanlovda fakultetning iqtidorli talaba-yoshlari ishtirok etdilar hamda o’zlarining rasm chizish mahoratlarini namoyish etdilar.

 

Leave a Reply

Skip to content