Joriy yilning 11-sentabr kuni Finlandiyaning O‘zbekistondagi faxriy konsulligi va Xalqaro Nordik universiteti tomonidan tashkil etilayotgan xalqaro malaka oshirish kursida ishtirok etish maqsadida Finlandiyaga yetib keldik.
Malaka oshirish kursi davomida Helsinki, Jyväskylä, Kareliya va JAMK amaliy fanlar hamda pedagogika institutlari hamda Shvetsiyaning Sodertorn universitetlari hamkorligida fin ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishib, uning oʻziga xos va Afzal jihatlarini oʻrganamiz hamda uni yurtimizda, xususan, Andijonda joriy etish boʻyicha rejalarni ishlab chiqishga harakat qilamiz.
Dastlabki treningda Xalqaro Nordik universiteti prorektori Odiljon Qo‘ysinov va xalqaro ekspert Odiljon Kattayevlardan ta’lim sohasidagi globallashuv, innovatsion yondashuvlar, O‘zbekiston – Finlandiya o‘rtasidagi hamkorlik va ta’lim safarining maqsadi xususida ma’lumotlar oldik.
Shuningdek, Xalqaro Nordik universiteti bilan ta’lim integratsiyalashuvi doirasida hamkorlik memorandumini imzoladik.
Shundan so‘ng, Finlyandiya maktablari bilan tanishdik. Ulardagi ta’lim jarayoni, o‘quv dasturlari haqida tushunchaga ega bo‘ldik. O‘quv xonalari, ularni jihozlash, bolalarga munosabat, dars mashg‘ulotlarni tashkil etilishini ham kuzatdik.