MOSKVA DAVLAT LINGVISTIKA UNIVERSITETI BILAN SHARTNOMA IMZOLANDI

Market Sectors

HAMKORLIKNING YANGI UFQLARI OCHILDI: MOSKVA DAVLAT LINGVISTIKA UNIVERSITETI BILAN SHARTNOMA IMZOLANDI

Ayni kunlarda Andijon davlat chet tillari instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori M.A.Kurbanov hamda kafedra mudiri J.Egamberdiyevlardan iborat institutimiz delegatsiyasi ta’lim, fan va ilmiy-innovatsion sohalarda o’zaro aloqalar o’rnatish va rivojlantirish borasida kelishuvlarga erishish maqsadida Rossiya Federatsiyasining Moskva davlat lingvistika universitetida bo‘lib turibdi.

Institutimiz vakillarini Moskva davlat lingvistika universiteti rektori I.A.Krayeva shaxsan kutib olib, mazkur universitet faoliyati va o’quv jarayonlari bilan tanishtirdi.

Muloqot davomida ushbu nufuzli oliygoh bilan institutimiz o’rtasida qator yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalarini rivojlantirishni ko‘zda tutuvchi hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Imzolangan shartnomaga ko‘ra, o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va malaka oshirishga ko‘maklashish, o‘qitishning ilg‘or uslublarini ishlab chiqish bo‘yicha tajriba almashish, tadqiqotlar bo‘yicha nashrlar almashishga ko‘maklashish, qo‘shma konferensiyalar tashkil etish va pedagogik ishlarni olib borish, hamkorlikda ilmiy loyihalarni amalga oshirish belgilandi.

Bundan tashqari, 2023-yilda o‘zaro hamkorlik yo‘l xaritasi ham tuzib olindi. Xususan, Moskva shahrida Zahiriddin Muhammad Bobur xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya tashkil etish, Moskva davlat lingvistika universiteti uchun o‘zbek tili darsligini tayyorlash belgilandi. Shuningdek, mart-may oylarida institutimiz talablarini akademik almashinuv doirasida Moskvaga yuborish, yozgi lagerda ishtirok etish bo‘yicha takliflar qabul qilindi.

Uchrashuv pragmatik ruhda o‘tib, ikki tomon uchun ko‘plab manfaatli kelishuvlarga erishildi. Delegatsiyamizning ushbu safari doirasidagi axborotlarni berib boramiz.

Leave a Reply

Skip to content