Rektor yordamchisi

Nosirov Nasibillo Xalilillo o’g’li


Rektor yordamchisi

Qabul vaqti —-

Tel: +998 93 242 78 78

 

Rektor yordamchisining lavozim vazifalari:
• Kelib tushgan, joʼnatiladigan va ichki hujjatlar rektorga maʼlum qilinishi uchun ularning oʼz vaqtida koʼrib chiqilishini taʼminlash;
• Rektorning topshirigʼi boʼyicha hujjatlarning oʼz vaqtida ijro etilishini nazorat qilish;
• Rektorat yigʼilishlarining ishini tashkil etishni taʼminlash, majlislarda bevosita qatnashish hamda qabul qilingan qarorlar va rektorning koʼrsatmalari bajarilishini nazorat etish;
• Rektorning respublika, yuqori tashkilotlarida qiladigan maʼruzalari va axborotlari uchun rektor koʼrsatmasiga binoan dekanatlar, boʼlimlar va xizmatlarning axborotini yigʼish va umumlashtirish;
• Yuqori tashkilotlarning talablariga binoan maʼlumotnomalar tayyorlash va imzolash uchun rektorga taqdim etish;
• Rektor tomonidan fuqarolarni qabul qilishda ishtirok etishi va qabul qilingan qarorlarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
• Oʼzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi hamda Vazirlik buyruqlari bilan belgilangan lavozim vazifalarini talab darajasida bajarilishi va ijro-intizomiga rioya qilinishi;
• OTMsi tarkibiy boʼlinmalarini aylanib chiqish hamda ularning ishlarini tekshirish chogʼida rektorga hamrohlik qilish, u bergan farmoyishlarning ijro etilishini nazorat qilish.

Bilishi kerak:
Oʼzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi hamda Vazirlik buyruqlarini, OTMga oid meʼyoriy hamda boshqa hujjatlarni.

Malaka talablari:
• Yuqori tashkilotlarning qarorlari, farmoyishlari, buyruqlarini, fuqarolarning xatlar, shikoyatlar va arizalarini koʼrib chiqish tartibini bilish;
• Oliy maʼlumotga ega boʼlishi;
• Hujjatlarni qabul qilish tartibi toʼgʼrisidagi yoʼriqnomani, joʼnatiladigan hamda ichki hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini bilishi zarur.

Skip to content