Matbuot kotibi

Andijon davlat chet tillari instituti matbuot kotibi

Yunusov Abdushukur Nazirjonovich

14.07.1990 Andijon viloyati Oltinko‘l tumani

+998336779000

abdushukur9089@gmail.com

 

 

 

Matbuot kotibining asosiy vazifalari va funksiyalari: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati hamda universitet rahbariyati tomonidan zamonaviy talablarga muvofiq belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;

– axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati hamda davlat va jamoat tashkilotlarining axborot xizmatlari bilan samarali va amaliy hamkorlikni ta’minlash;

– keng jamoatchilikni universitet faoliyati, uning sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlari to‘g‘risida xolisona, sifatli va tezkor xabardor qilish;

– ommaviy axborot vositalari (keyingi o‘rinlarda OAV deb ataladi) bilan hamkorlik qilish, doimiy hamkorlikda ishlaydigan jurnalistlar doirasini shakllantirish, axborot xabarlarini tarqatish, universitetda ommaviy tadbirlarni tashkil etish;

– universitetning rasmiy veb-saytida axborotni tezkorlik bilan joylashtirish va o‘z vaqtida yangilab borish, Internet tarmog‘idagi veb-resurslarni, shu jumladan, ijtimoiy va mobil tarmoqlarni rivojlantirish;

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati hamda universitet tarkibidagi bo‘limlardagi belgilangan xodimlar bilan birgalikda milliy va xorijiy OAVda tarqatish uchun xabar, axborot-ma’lumot materiallar, sharhlar va axborot-tahliliy materiallar tayyorlash; universitet faoliyatiga nisbatan jamoatchilik fikrining holati hamda OAV pozitsiyasini tahlil qilish va ular to‘g‘risida universitet rektoriga axborot berish; universitetning faoliyat sohasiga aloqador matnli, foto, audio va videomateriallar ma’lumotlar bankini shakllantirish va yuritish.

1.Matbuot kotibi o‘ziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi funksiyalarni bajaradi:

OAV da, shu jumladan, Internet tarmog‘ida axborot e’lon qiladi, shuningdek, ularning veb-saytlarda, hamma kirishi mumkin bo‘lgan xonalar va joylarga joylashtirish hamda yangilab borishni ta’minlaydi;

universitet rahbarlari ishtirokida tadbirlar (majlislar, yig‘ilishlar, uchrashuvlar, matbuot anjumanlari, brifinglar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqalar)ni tashkil etadi va o‘tkazadi;

OAV va jurnalistlarning so‘rovi asosida ularga og‘zaki va yozma shaklda, shu jumladan, elektron shaklda axborot taqdim etadi;

OAV ga taqdim etish zarur bo‘lgan axborotni universitetning boshqa bo‘limlari bilan hamkorlikda to‘playdi va ularni puxta ishlaydi;

OTM faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha bosma materiallarni tayyorlaydi hamda teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarni tashkil etadi;

OTM veb-sayti tashkil etilishini va uni zamonaviy darajada yuritilishini ta’minlaydi.

OTM faoliyati yoritilgan materiallarni belgilangan tartibda saqlash uchun ularning arxivlashtirilishini ta’minlaydi;

OTM faoliyatiga doir foto, audio va videomateriallarni tayyorlaydi hamda ularni tayyorlash jarayonida davlat va nodavlat OAV bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;

2.Matbuot kotibi o‘z vakolatlari doirasida milliy axborot agentliklari hamda OAV ning universitet faoliyati to‘g‘risidagi materiallarni tayyorlashda ko‘maklashish to‘g‘risidagi buyurtmanomalari va so‘rovlarini ko‘rib chiqadi.

 

Skip to content