Ilmiy tadqiqotlar, innovasiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi

Ilmiy tadqiqotlar, innovasiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig’i

SOTVOLDIYEV BUNYODBEK TO‘LQINJON O‘G‘LI

Qabul vaqti: chorshanba, juma (14:00-15:00)

Tel: +998 (93) 789-12-19

 

Fax: +998 (74) 223-42-76

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi talim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-sonli qaroriga muvofiq Andijon davlat chet tillari institutida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish hamda oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilik shaklida tashkil etish, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash ishlarini tartiblarini belgilaydi. Andijon davlat chet tillari instituti Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalar, ilm-fan va ta’lim jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi hukumatining oliy ta’lim sohasiga oid Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasi qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari, qarorlari, me’yoriy hujjatlari va uslubiy ko‘rsatmalarining ijro etilishini, shuningdek, institut rektori buyruqlari, qarorlari va ko‘rsatmalarining o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.

Tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka Davlat buyurtmasiga muvofiq oliy ma’lumotli va oliy o‘quv yurtining magistratura bosqichini tamomlagan, OTM, ilmiy tekshirish institutlari tomonidan yuborilgan talabgorlar tanlov asosida qabul qilinadi. Bo‘lim institut strukturasidagi tuzilmaviy qism bo‘lib, byudjet hisobidan moliyalashtiriladi va bevosita institutning Ilmiy ishlar bo`yicha prorektoriga bo‘ysunadi.

Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limining asosiy vazifalari:

  • mamlakat ilm-fani taraqqiyotini yanada rivojlashtirish maqsadida Respublika iqtisodiyotini ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishni yo‘lga qo‘yib, falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc)larni tayyorlash orqali Andijon davlat chet tillari institutida ilmiy salohiyatni yuksaltirish;
  • institut professor-o‘qituvchilari tomonidan kafedralarda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish va ish yurituvchi hujjatlarning to‘g‘ri olib borilishini nazorat qilib borish;
  • fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlar, innovatsion loyihalar tanlovlarida professor-o‘qituvchilarning ishtirok etish uchun yil davomida fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, ilmiy darajaga ega professor-o‘qituvchilar va yosh olimlar bilan hamkorlikda ishlash;
  • doktorant va mustaqil izlanuvchilarning qabul qilish rejasini ishlab chiqish, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilangan buyruq asosida tuzish;
  • doktorant, mustaqil izlanuvchi va erkin tadqiqotchilarning doktorlik dissertatsiyasi mavzularini respublika iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladigan fundamental va amaliy,  innovatsion loyihalar hamda xo‘jalik shartnomasi bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy loyihalar yo‘nalishlariga mos bo‘lishini ta’minlash;
  • doktorant va mustaqil izlanuvchilarning yillik ish rejalari asosida monitoringini olib borish va attestatsiyadan o‘z vaqtida o‘tishlarini ta’minlash;
  • professor-o‘qituvchilar, doktorant, mustaqil izlanuvchi va erkin tadqiqotchilar tomonidan ilmiy-tadqiqot va ilmiy-texnik ishlanmalarni bajarish va ularning natijalarini amaliyotga joriy etish ishlarida ko‘maklashish;
  • doktorant, mustaqil izlanuvchi va erkin tadqiqotchilar uchun ilmiy seminarlar va o‘quv-treninglar tashkil qilish;
  • Andijon davlat chet tillari institutida doktorant, mustaqil izlanuvchi va erkin tadqiqotchilar uchun malakaviy imtihon topshiriladigan fanlardan o‘quv mashg‘ulotlarini reja asosida tashkil etish;
  • yosh olimlarni ilmiy mavzular bo‘yicha ixtiro va patentlarlarni olishi uchun me’yoriy hujjatlarni tayyorlashga sharoitlar yaratish;
  • professor-o‘qituvchilar, doktorant, mustaqil izlanuvchi va erkin tadqiqotchilar ilmiy yo‘nalishlari bo‘yicha xorijiy yetakchi oliy o‘quv yurtlari, ilmiy markazlari va ishlab chiqarish korxonalariga stajirovka va xizmat safariga yuborishni tashkil qilish.
Skip to content