I bo‘lim

Bosh mutaxasis
Jo‘rayev Nazirillo Abdumo‘min o‘g‘li 

+998 77 777 41 34

nazirillo277@gmail.com

BO‘LIM BOSH MUTAXASSISINING LAVOZIM VAZIFALARI
• Bo‘lim faoliyati va xodimlar mehnatini tashkil qilish;
• Bo‘limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;
• Bo‘lim maqsadidan kelib chiqib ta’lim muassasasida mutasaddi bo‘lgan bo‘g‘inlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
• O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, yo‘riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, institut rektori buyruqlarining ijrosini ta’minlash;
• Yuqori davlat organlari va institut rektori tomonidan berilgan buyruqlar, farmoyishlar va topshiriqlarni bajarilishini ta’minlash;
• Bo‘limning yillik hisobotlarini tayyorlash va belgilangan muddatlarda hamda tartiblarda tegishli davlat organlariga taqdim etish;
• O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarida belgilangan tartibdagi xujjatlarni alohida ro‘yxatini yuritish;
• Andijon viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi hamda shahar bo‘limi bilan belgilangan tartib asosida ishlarni amalga oshirish;
• Institut xodimlari va talabalarini harbiy xizmatga oid xujjatlarini rasmiylashtirish va xisobini yuritish ishlarini tashkil qilish;
• Axborot kommunikatsiya texnologiyalarni puxta bilish;

• Institut ichki tartib qoidalari, odob-axloq qoidalari va kiyinish madaniyati talablariga rioya qilish.
Bilishi kerak:
• O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, yo‘riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, institut rektori buyruqlari mohiyatini anglash.
Malaka talablari:
• Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi;
• Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
• O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi zarur.

Skip to content