Kafedra mudiri
Ishanjanova Munosibxon Saidahmadovna
Tel: +998 93 429 70 16
E-mail: munosib77@mail.ru
Kafedra tarixi
O’zbekiston Respublikasi Prizidentining 2022 yil 31-maydagi PQ-265-sonli Andijon davlat chet tillari institutini tashkil etish to’g’risidagi qaroriga asosan Andijon davlat chet tillari institutini tashkil etildi. “Roman, German va Slavyan tilari” fakulteti tarkibida “Fransuz tili nazariyaisi va amaliyoti” kafedrasi tashkil etildi. Unga f.f.f.d., M.S.Ishanjanova kafedra mudiri etib tayinlandi. Kafedrada hozirda 17 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib borib, ulardan 2 nafar fan nomzodi, 2 nafar filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori, 2 nafar katta o’qituvchi, 11 nafar o’qituvchilardir. Kafedra ilmiy salohiyati 28 % ni tashkil etadi.
Kafedra oldidagi vazifalar
Kafedra jamoasi oldida fransuz tilini o’qitishni ilg’or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish. Ta’limda xorijiy tajribalarni joriy etishni samaradorligiga erishish. Kadrlar saloxiyatini tubdan takomillashtirish. Hozirda kafedrada 2 nafar fan nomzodi, 2 nafar filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori, 2 nafar katta o’qituvchi, 12 nafar o’qituvchilar faoliyat olib bormoqda.
Kafedrada o’qitiladigan fanlar ro’yxati
1.Fransuz tili kunikmalari integrasіyasi
2.Fransuz tilida o’qish va yozish amaliyoti
3.Fransuz tili aspektlari amaliyoti
4.Fransuz tili kommunikativ fonetikasi
5.Fransuz tili kommunikativ grammatikasi
6.Yozma tarjima
7.Xorijiy til(ikkinchi chet til)
8.O’lkashunoslik
9.Til ko’nikmalari integrasiyasi
10.O’qish va yozish amaliyoti
11.Chet tillarni o’qitishning integrallashgan kursi
12.Til aspektlari amaliyoti
13.Tili o’rganilayotgan mamalakatlar adabiyoti
14.Ikkinchi chet tili
15.Xorijiy tillarni o’qitishda mdaniyatlararo mulokotni shakllantirish
16.O’rganilayotgan til nazariy aspektlari
17.Tillarni o’qitish metodikasi va ta’lim texnlogiyalari
18.Xorijiy OAV tili
19.Jahon adabiyoti
20.Qiyosiy tipologiya
21.Tarjima nazariyasi va amaliyoti
22.Boshlang’ich sinflarda chet tili o’qitish metodikasi
23.O’rganilayotgan til stilistikasi
24.Ilmiy va kasbiy faoliyatda yo’naltirilgan fransuz tili
25.Lingvistik tahlil metodlari
26.Til bilish sertifikatiga ega bo’lish ko’nikmasi
27.Sinxron tarjima
Kafedra professor-o’qituvchilari ro’yxati
Ishanjanova Munosibxon Saidahmadovna (kafedra mudiri f.f.f.d) |
Mamadaliyev Ahmadali (dotsent, f.f.n.) |
Mamatqulov Abdulxapiz Latipovich (dotsent, f.f.n.) |
Anorboyeva Iroda Oripovna (katta o’qituvchi) |
Saidova Lola Mahammadjonovna (katta o’qituvchi) |
Nortoeva Nodira Muhammadaliyevna (o’qituvchi) |
Mamasoliyeva Gulchehra Abduhalilovna (o’qituvchi) |
Yoqubjonov Iqbol Odiljonovich (o’qituvchi) |
Qobulov O’tkir Fazlidinovich (o’qituvchi) |
Atamirzayeva Mahliyo Habibullayevna (o’qituvchi) |
Hamraqulova Farida Mamasoliyevna (o’qituvchi) |
Hasanboyeva Nafiza Olimjonovna (o’qituvchi) |
Normatov Azamat Abduhalilovich(o’qituvchi) |
Mirzaahmedova Yulduz Anvarovna (o’qituvchi, f.f.f.d.) |
Qodiruva Nazira Murodjon qizi (o’qituvchi) Qosimova Yashnaxon Baraxo’jayevna Ynusova Manzuraxon |
Kafedraning ilmiy-tadqiqot faoliyatining ustuvor yo’nalishlari
Kafedrada quyidagi istiqbolli ilmiy tadqiqot ishi yo‘nalishida izlanishlar olib borilib, professor-o‘qituvchilar tomonidan qiyosiy tilshunoslik muammolarga bag‘ishlangan tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Kafedrada faoliyat ko‘rsatayotgan Ilmiy seminar faoliyati. Kafedra qoshida ilmiy uslubiy seminar tashkil etilgan bo‘lib, unga f.f.f.d.. M.Ishanjanova rahbarlik qilib kelmoqda. Seminar ishida: professor-o‘qituvchilar tomonidan bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining samaradorligi; ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash ishlarini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga innovatsion yondashuv masalalari va zamonaviy o‘qitish usullari; ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, o‘quv-uslubiy ishlarga innovatsion yondashuv; ochiq ma’ruzalar tahlili muhokama etib borilmoqda.
Kafedrada tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati
Kafedrada “Amaliy fransuz tili”, “Atelier de lecture” to‘garaklar faoliyat olib bormoqda. To‘garakda fransuz tili faniga oid ta’limning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan mavzular yuzasidan davra suhbatlari, seminarlar, treninglar tashkil etilmoqda. Shuningdek, iqtidorli talabalarni davriy matbuotda chiqishlari, ilmiy maqola va tezislar yozishlari, institut Yoshlar bilan ishlash bo‘limi bilan faol hamkorlikni ta’minlash, turli ko‘rgazma va tanlovlarda o‘z g‘oyalari va ishlanmalari bilan ishtirok etish yuzasidan tajribali professor-o‘qituvchilar, ilmiy rahbarlar tomonidan uslubiy tavsiyalar berib boriladi. Kafedra mudiri M.Ishanjanova va mas’ul profesor-o‘qituvchilar I.Anorboyeva va F.Hamroqulovalar rahbarligida to‘garak faoliyat ishlari samaraliy tashkil etilgan.
Kafedra iqtidorli talabalari haqida ma’lumot
Andijon davlat chet tilar instituti fransuz ta’lim yo‘nalishidan iqtidorli talabalar saralab olinib, tajribali professor-o‘qituvchilarga biriktiriladi. Talabalar o‘zlariga biriktirilgan ilmiy rahbar va tasdiqlangan ilmiy-tadqiqot mavzulari bo‘yicha izlanishlar olib boradilar. Talabalar respublika va xalqaro miqyosida o‘tkaziladigon ilmiy-amaliy anjumanlarda faol ishtirok etadilaar.
Hamkorlik aloqalari
Kafedramizda hozirgi kunga qadar elchixona bilan hamkorlikda ishlar samarasi natijasida 17 nafar professor o’qituvchilaridan 8 nafari Frantsiyaning turli universitetlarida:
2000-yilda Gavr universitetining Larus lug’atshunoslik maktabida,
2006-yilda Limoj shahridagi atalant innovasion xalqaro til o’qitish markazida,
2011-yilda Vishi shahridagi CAVILAM frantsuz tili o’qitish markazida,
2011 – va 2016-yillarida tur shahrining Turen institutida,
2014-yilda Ruayandagi Puatie universitetining CAREL tillarni o’qitish markazida,
2022-yilda Nissa shahridagi Cote d’Azur Frankofoniya til o’qitish markazida malaka oshirganlar.
Shuningdek, kafedramiz dosenti A.Mamadaliev 1994-yili Frantsiya Respublikasining akademik Palma ordenining kavaler darajasi, 2004-yili Frantsiya Respublikasining akademik Palma ordenining ofitser darajasi bilan taqdirlangan.
Kelajakda Fransiya elchixonasi va institut o’rtasida quyidagi rejalar amalga oshirilishi belgilab olindi:
Fan dasturlari:
1-kurs
60111800 – „Xorijiy til va adabiyoti (Ingliz tili)“ ta’lim yo’nalishi
60230100 – „Filologiya va tillarni o’qitish: ingliz tili“ ta’lim yo’nalishi
60230100 – „Filologiya va tillarni o’qitish: fransuz tili“ ta’lim yo’nalishi
61010500 – „Gid hamrohlifi va tarjimonlik faoliyati (ingliz tili)“ ta’lim yo’nalishi
2-kurs
60111800 – „Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)“ ta’lim yo’nalishi
60111800 – „Xorijiy til va adabiyoti (fransuz tili)“ ta’lim yo’nalishi
61010500-„Gid hamrohlifi va tarjimonlik faoliyati (ingliz tili)“ ta’lim yo’nalishi
60112600-„Maktabgacha va boshlangich ta’limda ingliz tili“ ta’lim yo’nalishi
3-kurs
5111400 – „Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)“ ta’lim yo’nalishi
5111400 – „Xorijiy til va adabiyoti (fransuz tili)“ ta’lim yo’nalishi
4-kurs
5111400 – „Xorijiy til va adabiyoti (fransuz tili)“ ta’lim yo’nalishi
Lavozim yo’riqnomalari:
Kafedra mudiri
Kafedra dotsenti
Kafedra katta o’qituvchisi
Kafedra o’qituvchisi
Kafedra stajyor-o’qituvchisi
Kafedra kabinet mudiri