INGLIZ TILI AMALIYOTI KAFEDRASI
Kafedra mudiri filologiya fanlari doktori, professor
XOSHIMOV G’ANIJON MIRZAAXMEDOVICH
U 1950 yil 23 dekabrda tavallud topgan. U 1974 yildan 2010 yilga qadar sobiq Andijon davlat tillar institutida faoliyat ko’rsatib kelgan. 2010 yildan 2022 yilgacha Andijon davlat universitetida mudir lavozimida faoliyat olib bordi. 1983 yilda “Turli tizimdagi tillarda maqsad ergash gapli qo’shma gaplar” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini (МДУда), 2003 yilda “Turli tizimdagi tillarda qo’shma gap tipologiyasi” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan (УзМУда).
INGLIZ TILI AMALIYOTI KAFEDRASI HAQIDA
Kafedra 1976 yil 1-iyunda sobiq Andijon davlat tillar pedagogika instituti xorijiy tillari fakulteti qoshida tashkil topgan. Kafedrada ingliz tili bo‘yicha respublikamizning ko‘zga ko‘ringan olimlari va pedagoglari faoliyat ko‘rsatib keligan. Ingliz tili soрasinnng taniqli ziyoli olimlaridan O‘.X. Xoshimov (p.f.n., dotsent), A.M Avulov (f.f.n., dotsent), katta o‘qituvchilar A.A.Raximov, til egasi J.M.Melenevskiy, D.K.Sudoma, T.Chuchuvadze, R.D.Jalolov, dotsentlar M.J Raximov, G‘.X.Satimov, G.M.Xoshimov, M.I.Ismoilov, A.M.Qo‘ldashev, I.K.Usarovlar ish olib borganlar. Hozirgi vaqtda kafedrada 30 nafar professor-o’qituvchi faoliyat olib bormoqda, ularning orasida 1 nafar fan doлtori (Dsc) professor, 4 nafar filologia fanlari bo’yicha falsafa doktorlari bor. Ularning 80%dan ortig’i xalqaro tan olingan sertifikatlarga ega.
Keyingi yillarda kafedra Yevropa va Osiyo davlatlarining nufuzli ilmiy muassasalaridan bo‘lgan Institute for Language Education (University of London), Norwich Institute for Language Education (Norwich), London Metropolitan University(London), Cambridge University (Cambridge), University of Leeds (Leeds), Norfolk University for Language Education (Great Britain) va M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti hamda respublikamizdagi bir qator nufuzli oliygohlar bilan hamkorlik yanada yuksaldi.
Kafedraning 3 nafar o‘qituvchisi D.Satimova, D.Egamnazarova, Sh.Tulanbayevalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El–yurt umidi” jamg‘armasining 2019 yil malaka oshirish bo‘yicha stipendiatlari bo‘lib, Buyuk Britaniya, Norvich Til O‘qitish Instituti (Norwich Institute for Language Education) da 2019 yil 3 iyuldan 27 avgustga qadar 144 soatlik malaka oshirish kursida taxsil olib qaitdilar.
F.f.d.prof. Sh.Shahobiddinova rahbarligida kafedraning bir qator a]zolari., jumladan, katta o’qituvchisi D.Sh.Egamnazarova “Ingliz va o’zbek tillarida gap bo’laklarining aktuallashuvi” mavzusida, kafedra katta o’qituvchisi A.I.Matkarimova “Hurmat” semantik maydonini ifodalovchi til vositalarning lingvopragmatik va lingvokulturologik xususiyatlari va vazifalari” mavzusida, kafedra katta o’qituvchisi N.R.Mahmudova “Ingliz va o’zbek tillarida gradatsiyaning qiyosiy tadqiqi” mavzusida, kafedra yosh olimi M.G’.Hoshimov esa f.f.d.prof. G.I.Ergasheva rahbarligida “Сложно вводное предложение как инвариантный тип предложения в языке” mavzusida 2021 yil doktorlik dissertasiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar va filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo’ldilar.
Kafedra professor-o‘qituvchilari Ingliz tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi talabalariga boyicha 10 ta fandan: Qiyosiy tipologiya, O‘rganilayotgan til nazariy aspektlari (Nazariy grammatika), O‘rganilayotgan til nazariy aspektlari (Ingliz tili tarixi), Til aspektlari amaliyoti, Chet tillarni o‘qitishning integrallashgan kursi, Mustaqil ta’lim ko‘nikmalari, O‘qish va yozish amaliyoti, Til ko‘nikmalari integratsiyasi, Amaliy grammatika, Xorijiy tillarni o‘qitishda madaniyatlararo muloqotni shakllantirish fanlaridan saboq berib kelmoqdalar.