Bobajonov Nodirbek Boxodirovich
Qabul kunlari: har kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha.
Telefon:94 080 03 10
e-mail:
Bosh auditor haqida:
О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ichki audit deportamenti tarkibiga kiradi.
Bо‘lim о‘z faoliyatini О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida” gi qonun, boshqa tegishli qonun va qonunosti hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyruqlari, Oliy ta’lim muassasasi rektorining buyruqlari, moliya hamda nazorat taftish tashkilotlari О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, shuningdek Bо‘lim tо‘g‘risidagi Nizomga muvofiq olib boradi.
Bosh auditorning maqsadi va vazifalari:
- OTMsida mavjud asosiy vositalar, tovar moddiy qimmatliklar, naqd pul mablag‘lari, qimmatbaho qog‘ozlar, qat’iy hisobda turuvchi blankalar va hokazolarning inventarizatsiyasini tashkil etish hamda o‘tkazish jarayonida faol qatnashish, shuningdek, uning amaldagi me’yoriy hujjatlar talablariga mos ravishda o‘tkazilishi ustidan nazorat olib borish;
- Asosiy vositalar, pul mablag‘lari, tovar-moddiy qimmatliklarning inventarizatsiyasi jarayonida va boshqa tekshiruvlar natijasida aniqlangan kamomadlarning OTMsi hisobiga undirilishi, ortiqcha mablag‘larini kirim qilinishiga erishish yuzasidan mutasaddi xodimlar bilan hamkorlikda monitoring faoliyatini yuritish;
- Kamomadlarga yo‘l qo‘yilishi, pul mablag‘lari va tovar-moddiy qiymatliklarni talon-toroj qilinishining oldini olish tadbirlarida mutasaddi xodimlar bilan faol qatnashish;
- Asosiy vositalar, pul mablag‘lari, tovar moddiy qimmatliklar OTMsi hisobiga to‘liq kirim qilinishi, shuningdek, ularning harakati bilan bog‘liq bo‘lgan birlamchi hujjatlarni to‘g‘ri yuritilishi va buxgalteriya hisobida o‘z vaqtida aks ettirilishi ustidan ichki auditorlik nazoratini amalga oshirish;
- OTMsi g‘aznasida me’yoriy hujjatlarga rioya qilinishi yuzasidan ichki auditorlik tekshiruvlarni amalga oshirish;
- Tegishli me’yoriy hujjatlar asosida asosiy vositalarni va tez eskiruvchi moddiy qiymatliklarning balansdan chiqarilishi ustidan ichki auditorlik nazoratini amalga oshirish;
- Byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larning kommunal xizmatlar va elektr energiyasining sarflanish limitlariga rioya etilishi ustida ish rejasi asosida ichki auditorlik nazoratini olib borish;
- OTMsi talabalariga stipendiya to‘lovlarining to‘g‘ri berilishini, to‘lanishini va amaldagi me’yoriy hujjatlarga mos ravishda qayta hisob-kitob qilinishi yuzasidan auditorlik tekshiruvini o‘tkazish;
- Pul mablag‘lari va tovar-moddiy qimmatliklarning kirim-chiqim hujjatlarini yuritishda, mansabdor shaxslar tomonidan noqonuniy xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yilayotgan holatlari aniqlanganda, tegishli choralar ko‘rish uchun OTMsining bosh hisobchisi yoki rektorga yozma ravishda xabar berish.
Bosh auditorning me’yoriy hujjatlari:
O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida” gi qonuni, boshqa tegishli qonun va qonunosti hujjatlar