Axborot-resurs markazi

Markaz rahbari : Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

MATTIYEV ABDULAZIZ OKTYABRJON O‘G‘LI

Qabul vaqti: Seshanba–Juma (14:00–16:00 gacha)

Telefon: (+99874) 2234276

E-mail: info@asifl.uz

 

ANDIJON DAVLAT CHЕT TILLARI INSTITUTI AXBOROT-RESURS MARKAZI  HAQIDA MA’LUMOT.

Axborot-resurs markazi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, xujjatlari, institut rahbariyatining ichki buyruqlari, ARM nizomi (2022 yil tasdiqlangan), lavozim yo‘riqnomasi (2023 yilda tasdiqlangan)  va ARMning ish rejalari asosida bajariladi. Axborot-resurs markazida 5 ta bo‘lim bo‘lib,  ular Ilmiy-uslubiy va axborot ma’lumot, Axborot-kutubxona resurslarini butlash kataloglashtirish va tizimlashtirish, Elektron axborot resurslari, Axborot-kutubxona   resurslari  bilan xizmat ko‘rsatish hamda Xorijiy axborot-kutubxona resurslari bilan ishlash bo‘limlaridan tashkil topgan bo‘lib institut professor-o‘qituvchilar, doktarantlar, magistrlar, talabalar va ishchi xodimlarga xizmat ko‘rsatadi.     

          Axborot- resurs markazida 60 o‘rinli o‘quv zali mavjud, 8 o‘rinli elektron o‘quv zali,   96 o‘rinli “Book kafe” hamda 1-2 – sonli talabalar turar joylarida 12 o‘rinli o‘quv zallari, shuningdek, ARM asosiy bino o‘quv abonentlari faoliyat yuritmoqda.    Axborot- resurs markazining umumiy kitob fondi 11272 nomda 40586 nus’hani  tashkil qiladi. Shundan:

O‘quv qo‘llanmalar – 3899 nomda17078 nus’hada
Ilmiy adabiyotlar – 48 nomda 99 nus’hada
Badiiy adabiyotlar – 3256 nomda 5596 nus’hada
Boshqa turdagi adabiyotlar – 717 nomda 5408 nus’hada
Siyosiy adabiyotlar – 3452 nomda 12405 nus’hada
Elektron resurslar 100% Ztashkil qiladi.

          ARMga 2022-2023 yil davomida 443 nomda, 1818 nus’hada o‘quv adabiyotlar keltirilgan bo‘lib, shundan  darsliklar  nomda sonda, o‘quv qo‘llanma nomda, sonda, badiiy adabiyotlar nomda sonda,, umumiy narhi 31 mln 353 527  so‘mlik adabiyotlar xarid qilindi. Hozirgi kunda Axborot-resurs markazi 10 ta kompyuter, 1 ta printer bilan ta’minlangan. Kompyuterlar ichki lokal va Internet tarmog‘iga ulangan. Internet tezligi 100 Mb/s ni tashkil etadi. Markazda Wi-Fi hududi tashkil qilingan.

 Foydalanuvchilarga masofaviy xizmat ko‘rsatish maqsadida telegram ijtimoiy tarmog‘idagi axborot-resurs markazining htts://t.me/IRC_asifl bot sahifasiga  500 nomda 2 Gb hajmdagi adabiyotlar joylashtirilgan, ushbu adabiyotlarning 5 nomdasi   3 ta kafedra fan dasturlarida ko‘rsatilgan asosiy adabiyotlardir.          O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-60-son Qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 iyuldagi 225-sonli buyrug‘iga asosan ichki buyruq ishlab chiqildi.  Bugungi kunda ARMda mavjud o‘quv hamda ilmiy adabiyotlar “Unilibrary” yagona “Elektron platforma” ga institut Axborot-resurs markazi fondidagi o‘quv va ilmiy adabiyotlarni joylashtirish ishlari olib borilmoqda.

Hozirda kunda Axborot-resurs markazida umumiy foydalanuvchilar soni jami 2574 nafarni tashkil qiladi, shundan professor-o‘qituvchilar 137 nafar, shundan talabalar 2529 nafar, boshqalar 8 nafarni tashkili qiladi.

Jamoa a'zolari

Axborot-kutubxona resurslarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish bo‘limi mudiri

Ilmiy uslubiy va axborot-ma’lumot (davriy nashrlar) bo‘limi yetakchi mutaxassis

Axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko‘rsatish bo‘limi uslubchi

Ilmiy uslubiy va axbort-ma’lumot (davriy nashrlar) bo‘limi uslubchi

Axborot-kutubxona resurslarini butlash kataloglashtirish va tizimlashtirish bo‘limi 1-toifali bibliograf

Axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko‘rsatish bo‘limi kutubxonachi

Skip to content