ADCHTI VA PROPER ENGLISH SCHOOL HAMKORLIGIDA O‘QUV MARKAZI OCHILDI

Andijon davlat chet tillari instituti va Proper English School hamkorligida spin-off asosida tashkil etilgan o‘quv markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ochilish marosimi doirasida O‘zbekistondagi taniqli ingliz tili ekspertlari ishtirokida seminar-trening tashkil etildi. Unda ingliz tilini o‘rganish va o‘qitishning zamonaviy yondashuvlari yuzasidan fikr va tajriba almashildi.

Seminar-treningda faol ishtirok etgan bir qator talabalar o‘quv markazi tomonidan vaucherlar bilan rag‘batlantirildi.

Shuningdek, ish beruvchilar tomonidan amaliy mashg‘ulot — workshop o‘tkazilib, talabalar bilan kasbiy ko‘nikmalar va mehnat bozori talablari yuzasidan muloqot olib borildi.

Mazkur hamkorlik talabalarning xorijiy tillar bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ta’lim hamda mehnat bozori o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Skip to content