
Andijon davlat chet tillari institutida talaba-yoshlar o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi birinchi saralash bosqichi sport musobaqalarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqalar talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni sportga keng jalb etish, iqtidorli sportchilarni aniqlash hamda institut terma jamoalarini shakllantirishga qaratilgan.
Mazkur bosqichda fakultetlar jamoalari stritbol, voleybol, stol tennisi, yengil atletika va mini-futbol sport turlari bo‘yicha o‘zaro bellashadilar.
Musobaqalar institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda sport klubi hamkorligida tashkil etilmoqda. Saralash natijalariga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar faxriy yorliqlar bilan taqdirlanib, olimpiadaning ikkinchi bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritadilar.
Barcha ishtirokchilarga omad va muvaffaqiyat tilaymiz!
Text box item sample content