ANORZOR” MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA MANZILLI O‘RGANISHLAR OLIB BORILDI

2026-yil 2-oktabr kuni Andijon davlat chet tillari instituti rektori D.A.Rustamov boshchiligidagi mas’ullar tomonidan Izboskan tumanidagi “Anorzor” mahalla fuqarolar yig‘inida ishsiz fuqarolar va yoshlar bandligini ta’minlash hamda ularni tadbirkorlikka yo‘naltirish maqsadida manzilli o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar davomida ijtimoiy reyestrga kiritilgan ishsiz fuqarolar hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi yoshlarning xonadonlariga tashrif buyurildi. Suhbatlarda ularning kasbi va mutaxassisligi, ishga joylashish ehtiyoji, tadbirkorlik tashabbuslari hamda mavjud muammolari o‘rganildi.
Fuqarolar va yoshlarni hududdagi ijtimoiy obyektlarda mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga mutaxassisligi bo‘yicha joylashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Bugungi o‘rganishlar natijasida 6 nafar fuqaroning bandligi ta’minlanib, ular ishga joylashtirildi.
Shuningdek, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari uchun zarur ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Tadbirkorlik qilish istagidagi yoshlarni imtiyozli kreditlar, subsidiyalar va boshqa qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari yuzasidan tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda oilalar daromadini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.
“Anorzor” mahallasida aholi bilan manzilli ishlash, bandlikni ta’minlash va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

Skip to content