“PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI” DOIRASIDA MADANIY-MA’RIFIY TADBIRLAR TASHKIL ETILDI

“Payshanba — yoshlar kuni” doirasida Bobur shahridagi “Ziyolilar bog‘i”da
Ingliz tili va adabiyoti fakulteti tomonidan talaba-yoshlar ishtirokida mazmunli madaniy va sport tadbirlari tashkil etildi.

Tadbirlar avvalida atrof-muhitni asrash va ekologik madaniyatni yuksaltirish maqsadida eko-aksiya — plogging tashkil etildi. Shundan so‘ng talabalarning mazmunli hordiq chiqarishlarini ta’minlash maqsadida piknik uyushtirildi hamda milliy sport o‘yinlari — arqon tortish va tosh ko‘tarish musobaqalari o‘tkazildi.

Shuningdek, sportning shaxmat, shashka, voleybol hamda badminton turlari bo‘yicha qiziqarli bahslar tashkil etilib, talaba-yoshlarning jamoaviylik ruhini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

Kunning ikkinchi yarmida esa do‘stona muhitda shashlik sayli tashkil etildi. Tadbir yakunida ochiq osmon ostida gitara shou hamda karaoke dasturi o‘tkazilib, talabalarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.

Mazkur tadbirlar talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

#ADCHTIdaPayshanbaYoshlarKuni
#AndijonYoshlarDay #Tadbirlar

Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Skip to content