

Andijon davlat chet tillari instituti hamda hamkor tashkilotlar tashabbusi bilan “Plogging” ekologik aksiyasi tashkil etildi.
Mazkur aksiya davomida talaba-yoshlar yugurish jarayonida atrof-muhitni tozalash ishlarini olib borib, ekologik madaniyatni oshirish va tabiatga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Aksiya ishtirokchilari tomonidan hududlarda uchragan turli chiqindilar yig‘ilib, belgilangan joylarga olib borildi. Bu orqali atrof-muhitni asrash, toza va sog‘lom hayot tarzini targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratildi.
Tabiatga befarq bo‘lmaslik, uni asrab-avaylash har bir insonning muhim burchidir. “Plogging” aksiyasi esa yoshlar o‘rtasida ekologik ong va mas’uliyatni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring: