«IELTS 9.0GA TOMON YOʻL» MAVZUSIDA SEMINAR BOʻLIB OʻTDI

Xabaringiz bor, «IELTS 9.0 ga tomon yoʻl» nomli seminarimiz bugun – 25.01.2024-yil kuni boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan edi. Juda katta qiziqishlar uygʻotgan seminar kutilganidek koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi. Ushbu seminarda IELTS 9.0 sohibi Ozodbek Botiraliyev oʻzining IELTS bo’yicha tajribalarini talaba-yoshlar bilan boʻlishdi. Shuningdek, seminar davomida qisqacha qiziqarli mashgʻulotlar oʻtkazdi.

Seminar soʻnggida O.Botiraliyev IELTS bilan bogʻliq bir qancha tavsiyalarni berib oʻtdi. Seminar yakunida esa kun qahramoni Ozodbek hamda uning ushbu yutuqlari yoʻlida qattiq mehnat qilgan inson – onasi – Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi professor-oʻqituvchisi M.Jumaboyevalarga Andijon davlat chet tillari instituti maʻmuriyati va Kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovgʻalari topshirildi.

Leave a Reply

Skip to content