
Andijon davlat chet tillari institutida talaba-yoshlar o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning birinchi saralash bosqichi doirasidagi sport musobaqalari davom etmoqda.
Bugungi bellashuvlarda quyidagi sport turlari bo‘yicha fakultet vakillari ishtirok etdi:
Yengil atletika (yigitlar va qizlar) — Roman-german va slavyan tillari fakulteti;
Stol tennisi (yigitlar va qizlar) — Xorijiy filologiya va turizm fakulteti;
Mini-futbol — Ingliz tili va adabiyoti fakulteti.
Institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda sport klubi hamkorligida tashkil etilayotgan musobaqalar talabalarni sportga keng jalb etish, iqtidorli sportchilarni aniqlash va institut terma jamoalarini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
Barcha ishtirokchilarga kelgusi bellashuvlarda omad va muvaffaqiyat tilaymiz!