PREZIDENT VA NOMLI STIPENDIYALARGA TALABGORLARNING ILMIY-TADQIQOT FAOLIYATI TAHLIL ETILDI

Maxsus ishchi guruh tomonidan Prezident va nomli davlat stipendiyalariga talabgor talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari ko‘rib chiqildi. Xususan, talabgorlarning
lmiy maqolalari, yakka mualliflik hamda hammualliflikdagi nashrlari tahlil qilinib, ilmiy faoliyatining izchilligi va tanlangan ilmiy yo‘nalish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlari baholandi.

✔️Shuningdek, ilmiy ishlarning dolzarbligi, amaliy ahamiyati, ilmiy yangiligi hamda mavzularning o‘zaro uzviyligi yuzasidan fikr almashildi. Jarayon davomida talabgorlarning ilmiy salohiyatini yanada rivojlantirish, nashrlar sifatini oshirish va ilmiy faoliyatni belgilangan mezonlar asosida takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Skip to content