
Bugun – 2025-yil 27-iyun kuni Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz tili va adabiyoti fakultetida Yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlariga start berildi.
Jarayon Institut Oʻquv-uslubiy boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari D.Umnov, fakultet dekani K.Karimov hamda kafedra mudirlari va mas’ul xodimlar ishtirokida boshlandi.
Attestatsiya belgilangan tartib va baholash mezonlari asosida, shaffof va ochiq muhitda o‘tkazilmoqda. Imtihonlar 28-iyun kuni qolgan guruhlar uchun davom ettiriladi.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati