TALABA-YOSHLAR KORRUPSIYAGA QARSHI

Andijon davlat chet tillari institutining talaba-yoshlari oʼrtasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini oshirish maqsadida, Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplaens» nazorati hamda Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʼlimlari hamkorligida «Korrupsiya-oliy taʼlimga yashirin tahdid» shiori ostida loyihalar tanlovi tashkil etildi.

Tanlovni tashkil etishdan asosiy maqsad, jamiyatning barcha sohalari, xususan oliy taʼlim tizimida korrupsion holatlarga yoʼl qoʼymaslik,shu bilan birga korrupsiyaga qarshi kurashish boʼyicha yoshlarda huquqiy savodxonlik kabi tushunchalarni singdirish orqali ushbu illatga qarshi immunitetni shakllantirishdan iborat.

🔴Tanlovni Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplaens nazorati» boʼlimi boshligʼi Sh.Mamajonov kirish soʼzi bilan ochib berdi, soʼngra talabalarga oʼz loyihalarini taqdim etishlari uchun navbat berildi. Tanlovni Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʼlimi boshligʼi M.Baltabayeva olib bordi.
Taqdimot davomida talabalar korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha oʼz takliflarini bayon etishga muvaffaq boʼldilar.

➡️Tanlovni institut rektor maslahatchisi M.X.Israilov tanlov haqidagi fikrlari bilan yakunlab, ishtirokchilarga muvaffaqiyatlar tiladi.

➡️Tanlov natijasi va gʼoliblar institutning rasmiy kanalida eʼlon qilinishi maʼlum qilindi.

Leave a Reply

Skip to content