ANDIJONDA “YANGI NAFAS” OMMAVIY YUGURISH MARAFONI OʻTKAZILDI

 

Bugun – 29.06.2024-yil kuni O‘zbekistonning 16 shahrida Xalqaro Olimpiya kuni (International Olimpic Day), «Vatan qalqoni» va Yoshlar kunini nishonlashga bag‘ishlangan BYD Yangi Nafas ommaviy yugurish marafoni bo’lib o’tdi.

Har yili o’tkaziladigan ommaviy yugurish musobaqasiga 60 mingga yaqin inson qo‘shildi. Masofa an’anaviy 3 kmni tashkil qildi. Yo‘nalish Andijon, Namangan, Farg‘ona, Nurafshon, Navoiy, Guliston, Jizzax, Samarqand, Termiz, Qarshi, Buxoro, Qorovulbozor, G‘uzor, Urganch va Nukus shaharlarining markaziy ko‘chalari bo‘ylab o‘tdi.

Andijonda ommaviy yugurish musobaqasi starti Farobiy koʻchasi (48-maktab oldi)da berildi. Barcha poygalar bir vaqtning o’zida ertalab soat 7da boshlandi.

Ushbu ommaviy yugurish marafonida Andijon davlat chet tillari instituti jamoasi va talaba-yoshlar institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektori B.R.Axmedov boshchiligida ishtirok etdilar.

Yakunda institut Sport klubi murabbiyi F.To’raqulova g’oliblikka bo’lgan faol ishtiroki uchun viloyat hokimi Sh.Q.Abdurahmonovning maxsus «Tashakkurnoma»si bilan taqdirlandi.

Leave a Reply

Skip to content