II AN’ANAVIY YOSHLAR AKADEMIYASI FORUMI. ICHKI TURIZMNI RIVOJLANTIRISH YOʻLIDA

 

 

Andijon davlat chet tillari institutida o’tkazilayotgan II an’anaviy Yoshlar akademiyasi forumining 2-kuni dasturiga koʻra Andijon-Xonobod yoʻnalishidagi turizm obyektlariga 100ga yaqin xorijlik turistlarni sayohat qildirish boʻlib, erta tongdan turistlar institutda kutib olindi.

Shundan soʻng avtobus va maxsus avtoulovlarga joylashgan holda turistlar hamda institutning faol yoshlari, gid xizmati xodimlari yoʻnalish boʻyicha safarni boshladilar.

Dastlab turistlarning bir guruhi Bog’ishamol dahasidagi Bogʻi Bobur nomidagi istirohat bogʻiga tashrif buyurdilar. Shundan soʻng Qoʻrgʻontepa tumanidagi “Bibiseshanba” hamda Xonobod shahridagi “Fozilmon ota” ziyoratgohlarida boʻlgan mehmonlarga institut gid xizmati xodimlari tomonidan ma’lumotlar berib oʻtildi.

Aytish mumkinki, ziyoratgohlar haqidagi ma’lumotlar, u yerlarning goʻzal va soʻlim tabiati har bir turistni hayratga soldi. Ular oʻzlarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali yaqinlari bilan ushbu lavhalarni ulashib, barchani Oʻzbekistonga taklif qildilar.

Leave a Reply

Skip to content