“Bibiseshanba” hamda “Fozilmon ota” ziyoratgohlaridan soʻng barcha mehmonlar Andijon davlat chet tillari institutiga qarashli Xonobod shahridagi Turizm laboratoriyasiga tashrif buyurdilar.
U yerda institut faol talabalari hamda turistlar birgalikda sportning basketbol, mini-futbol, arqon tortish, tosh koʻtarish kabi turlari bo’yicha o’rtoqlik bellashuvlari tashkil qilindi.
Shundan soʻng qoʻshiqlar ijro etilib, raqslarga tushildi. Kun barcha ishtirokchilar uchun esda qolarli yakunlandi.
Andijon davlat chet tillari instituti ma’muriyati II an’anaviy Yoshlar akademiyasi forumi tashkil qilishdan koʻzlangan maqsadlariga erishdilar.