TALABALAR TURAR JOYIDA MADANIY TADBIR BOʻLIB OʻTDI

Andijon davlat chet tillari instituti Talabalar turar joyida “Payshanba – Talaba xavfsizligi kuni” munosabati bilan Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Andijon davlat chet tillari instituti BT yetakchisi I.Abdulxamidov, institut profilaktika katta inspektori B.Xodjayev, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boʻlimi uslubchisi F.Mirzayev, “Besh muhim tashabbus markazi” rahbari A.Yunusovlar tomonidan “ADCHTI yoshlari jinoyatchilik va huquqbuzarlikka qarshimiz!” shiori ostida madaniy tadbir tashkil qilindi.

Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan mavzuga doir fikr-mulohazalar bildirib oʻtildi. Eng faol talabalar va ularning ota-onalariga 1-TTJ tarbiyachisi B.Ahmedova tomonidan “Tashakkurnoma”lar taqdim etildi.

Leave a Reply

Skip to content