2019-yilning 29-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekistonda sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish va aholini jismoniy tarbiya va ommaviy sportga jalb etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorga asosan, yurtimizda umumiy jismoniy tayyorgarlikni belgilovchi sport meʼyorlarini oʻz ichiga olgan “Alpomish” va “Barchinoy” testlari oʻtkazilishi yoʻlga qoʻyiladi.
Andijon davlat chet tillari institutida ham institut Sport klubi murabbiylari F.Mirzayev hamda F.Toʻraqulovalar tomonidan talaba-yoshlarga ushbu test jarayonlarida qanday ishtirok etishlari mumkinligi yuzasidan tushunchalar berib oʻtildi. Koʻplab talabalar shu yerning oʻzidayoq platformaga kirib, maxsus testlardan oʻtdilar.