
Sport bilan shugʻullanish insonni jismonan kuchli qilish bilan bir qator uni ruhan bardam, tetik, ishchan holatga kelishiga ham ko’maklashadi. Andijon davlat chet tillari institutida professor-oʻqituvchilar hamda talaba-yoshlarni sport bilan muntazam shugʻullanishi uchun qator qulayliklar, sport musobaqalari tashkil etilmoqda.
Jumladan, bugun – 06.04.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti sport zalida fakultetlar oʻrtasida volleybol musobaqasi bo’lib o’tdi.
Oʻyin davomida talaba-qizlardan tashkil topgan jamolar faol ishtirok etdilar.
Eslatib oʻtamiz: institut Sport klubi tomonidan 5 ta sport turi boʻyicha toʻgaraklar tashkil qilingan boʻlib, barcha talabalar va xodimlar ishtirok etishlari mumkin.