Barchamizga ayonki, “Tilda, fikrda, ishda birlik” degan ezgu g‘oya bilan maydonga chiqqan jadid bobolarimiz xalqlarimizni jaholat va qoloqlikdan olib chiqish, ularni g‘aflat botqog‘idan qutqarishning asosiy yo‘li – bilim va ma’rifatda, dunyoviy taraqqiyotni egallashda, deb bildilar.
“Ingliz tili va adabiyoti” fakulteti tyutorlari tomonidan “Jadidchilik va milliy uygʻonishda gʻoyaviy qarashlar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.Suhbatni fakultet tyutori M. Baltabayeva olib bordi.
Talabalar jadidchilik namoyondalarining hayoti, faoliyati va amalga oshirgan ishlari haqida ma’lumot berdilar. Suhbat yakunida Ma’naviyat boʻlimi uslubchisi M. Saliyeva tadbir haqidagi fikrlarini bayon etdi.