Bugun – 23.02.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutida Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash boʻlimi boshligʻi B.T.Sotvoldiyev boshchiligida navbatdagi yigilish boʻlib oʻtdi.
Dastlab, B.Sotvoldiyev soʻz boshlab, kun tartibidagi masalalar yuzasidan ma’lumotlar berdi, doktorant va stajor-tadqiqotchilar tomonidan oylik hisobotlarning oʻz vaqtida topshirilishi hamda shaxsiy rejalarining belgilangan muddatda bajarilishini ta’minlash borasida topshiriqlar berib o’tdi.
Yigʻilish soʻnggida tadqiqotchilarning muammolari tinglandi va ular oʻzlari qiziqqan savollariga ijobiy javoblar oldilar.