ANDIJONDA “YURT POSBONLARI’’ HARBIY-VATANPARVARLIK SPORT MUSOBAQALARI BOʻLIB OʻTDI

Bugun – 15.03.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti Yoshlar ittifoqi BT yetakchisi I.Abdulxamidov boshchiligida institutimiz “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari Andijon viloyati 14014-harbiy qismdagi “Yurt posbonlari” harbiy-vatanparvarlik sport musobaqalarida ishtirok etdilar.                       

Ushbu sport musobaqasi turnik tortinish, harbiy estafeta, qurol sochish va yigʻish, arqon tortish hamda savol-javob shartlari boʻyicha oʻtkazildi.

Institut jamoasi barcha shartlarda oʻz faolligi bilan ajralib turdi, xususan, qurol sochish va yigʻish shartida rekord oʻrnatdilar.

Umumiy hisobga koʻra Andijon davlat chet tillari instituti jamoasi faxrli 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Institutimiz “Qalqon” jamoasini qutlagan holda keyingi ishlarda omad va zafarlar tilab qolamiz!

Leave a Reply

Skip to content