INSTITUT MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT KENGASHINING NAVBATDAGI YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI

Ma’naviyat tushunchasining ta’rifi, biz ba’zan osongina hal qilib qoʻya qolmoqchi boʻlganimizdek, oddiy lisoniy jumboq emas, «ma’no», «ma’ni» soʻzlarining bugungi biz tushungan mazmuni bilan yechilmaydi.

Jaloliddin Rumiyning buyuk irfoniy asari behudaga «Masnaviyi ma’naviy» nomi bilan shuhrat taratgan emas. Shunday ekan ma’naviyat bizning inson ekanimizni anglatuvchi eng oliy ifodalardan biridir.

Bugun – 13.03.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti Ma’naviyat va ma’rifat kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Dastlab kengash raisi, Andijon davlat chet tillari instituti rektori D.A.Rustamov yigʻilishni ochib berib, kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirdi.

Shundan soʻng institutda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar, ularning yutuq va kamchiliklari xususida institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori B.Axmedov nutq soʻzaldi.

Yigʻilish soʻnggida rektor D.Rustamov oʻtkazilayotgan tadbirlar, sport musobaqalari, koʻrik-tanlovlar sifatini oshirish, jalb qilingan talaba-yoshlar salmogʻini orttirish, klublar va toʻgaraklar faoliyatini jonlantirish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berdi.

Leave a Reply

Skip to content