“TAʻLIM JARAYONIDA STRESS HOLATLARINI YENGISH” MAVZUSIDA PSIXOLOGIK TRENING OʻTKAZILDI

Stress — inson organizmining tashqi muhitga nisbatan reaksiyasi. Inson miyasi tananing barcha a’zolariga ko‘p gormonlarni yuboradi. Natijada yurak tez-tez uradi, qon bosimi oshadi, o‘pka qisqaradi, mushaklar taranglashadi. Inson nima bo‘layotganini hali to‘liq tushunmasidan organizm harakat qilishga tayyor turadi. Stressli vaziyat o‘tib ketgach, organizm yuqori tayyorlik holatidan chiqib, me’yoriy faolligiga qaytadi.

Talaba-yoshlar orasida ham bugungi globallashuv jarayonida doimiy stressda yurish holatlari, afsuski, koʻp uchramoqda. Aynan ushbu holatlarni oldini olish maqsadida institut amaliyotchi-psixologi M.Yusupova Ingliz tili va adabiyoti talabalari bilan psixologik trening oʻtkazdi. Trening talaba-yoshlarda juda yaxshi taassurot qoldi.

Leave a Reply

Skip to content