“3-MART – BUTUNJAHON YOVVOYI TABIAT KUNI” MUNOSABATI BILAN DAVRA SUHBATI BOʻLIB OʻTDI

Yovvoyi tabiatni muhofaza qilish yovvoyi tabiatning sogʻlom turlarini va makonini saqlash va tabiiy ekosistemasini tiklash, himoya qilish yoki yaxshilash uchun yovvoyi turlarni va ularning yashash joylarini himoya qilish amaliyotini anglatadi.

Bugun – 02.03.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti kichik majlislar zalida «3-mart – Yovvoyi tabiat kuni» munosabati davra suhbati bo’lib o’tdi.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boʻlimi uslubchisi F.Mirzayev boshchiligidagi ushbu yigʻilishga Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari F.Ilmiddinov, S.Nabiyevlar tashrif buyurib, ekologiya va atrof muhit toʻgʻrisida talabalarga nutq soʻzladilar, mavzuga doir videoroliklar namoyish etildi.

Leave a Reply

Skip to content