PROFESSOR-OʻQITUVCHILAR UCHUN VEBINAR OʻTKAZILDI

Bugun Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz tili va adabiyoti fakulteti tomonidan professor-o’qituvchilar uchun kasbiy rivojlanishga bagʻishlangan umumiy hamkorlik doirasida vebinar boʻlib oʻtdi.

Unda Ingliz tili amaliyoti kafedrasining xalqaro tajribaga ega boʻlgan oʻqituvchisi Mamadaliyeva Madina Jahongir qizi tashkilotchiligida BAAning American University of Ras Al Khaimah (AURAK) Universitetining vakili va tajribali ingliz tili oʻqituvchisi Ms.Gulbahor Amirova hamda kanadalik professor, speaker Dr.Bryn Holmes ishtirokida COIL (Collaborative Online International Learning) proyekti va sun’iy intellekt namunasi boʻlgan ChatGPT botidan samarali foydalanish mavzusida vebinar bo’lib o’tdi.

Unda oqituvchilar bu proyektga qiziqish bildirishdi va olgan bilimlarini amalda qo’llashlarini ta’kidlashdi.

Leave a Reply

Skip to content