Bugun – 29.02.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz tili va adabiyoti fakultetida “Yoshlarni diniy ekstremizm gʻoyalaridan asrash – barqarorlik omili” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.
Ushbu davra suhbatlari tyutor F.Nizomiddinovga biriktirilgan guruhlarda tashkil qilinib, unda institut profilaktika katta inspektorlari B.Xodjayev, M.Najmiddinova hamda amaliyotchi-psixolog M.Yusupovalar ishtirok etdilar.
Suhbat davomida talaba-yoshlarga diniy ekstremizm haqida tushunchalar berib o’tildi. Soʻngida esa talaba-yoshlar oʻzlari qiziqtirgan savollarga javob oldilar.