
Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Andijon davlat chet tillari instituti Boshlangʻich tashkiloti institut Kengashi yoʻnalishlari koordinatorligi va fakultetlar yoʻnalishlari koordinatorligi uchun kasting e’lon qilingan edi.
Suhbatdan oʻtgan faol va iqtidorli talabalar aniqlab olindi hamda yangilangan institut va fakultet koordinatorlar tarkibi bilan Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor B.R.Axmedov yigʻilish oʻtkazdi.
Dastlab, Yoshlar ittifoqi BT yetakchisi I.Abdulxamidov yangilangan koordinatorlar jamoasi bilan tanishtirib oʻtdi. Soʻng B.Axmedov soʻz boshlab, institut rivoji hamda unda ish tashkil qilishda koordinatorlarning o’rniga alohida toʻxtalib, har bir ishda mas’uliyatli va e’tiborli boʻlishlari lozimligini ta’kidlab oʻtdi.