Tarkibida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalari bo‘lgan, shuningdek, kuchli taʼsir etuvchi preparatlarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish tezkor-profilaktik tadbirlar keng tarzda oʻtkazib kelinmoqda.
Ana shunday targ‘ibot uchrashuvlaridan biri joriy yilning 21-fevral kuni Andijon davlat chet tillari institutining talabalari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Andijon shahri boʻyicha IIOFMB Jinoyat-qidiruv giyohvandlikka qarshi kurashish boʻlimi boshligʻi kapitan F.Sharofiddinov, Andijon davlat chet tillari instituti profilaktika katta inspektori, kapitan B.Xodjayev, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boʻlimi uslubchisi S.Noʻmonjonov, Roman-german va slavyan tillari fakulteti dekan oʻrinbosari B.Botirov hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Unda dastlab psixotrop va narkotik moddalarga ruju qo‘yishning oqibatida yuzaga keladigan ayanchli vaziyatlar hamda jinoyatlar to‘g‘risida hayotiy misollar bilan yig‘ilganlarga maʼlumotlar berildi. Shuningdek, giyohvand moddalarning savdosi, saqlanishi va isteʼmoli qonun bilan taʼqiqlangani, ushbu harakatlarni sodir etgan shaxs jinoiy javobgarlikka tortilishi alohida taʼkidlandi va yoshlar orasida bu illatlarga qaramlik holatini oldini olishda talabalarning ham targ‘ibot tadbirlarida ishtiroki muhimligi aytib o‘tildi