Mohiyatan, sport salomatlik garovi ekanini barchamiz yaxshi bilamiz. Shu bois, yurtimizda sport bilan shugʻullanish ommaviy tus olmoqda. Sogʻlom turmush tarziga amal qilayotgan yurtdoshlarimiz soni kun sayin koʻpayib borayotgani ham fikrimiz dalili.
Talaba-yoshlarning sportga oshno bo’lishlari, sogʻlom turmush tarziga rioya etishlariga erishish maqsadida Andijon davlat chet tillari institutida «Quvnoq startlar» sport o’yinlari tashkil qilindi.
Musobaqaning rasmiy ochilish marosimida Yoshlar bilan ishlash, maʻnaviyat va ma’rifat boʻlimi uslubchilari F.Mirzayev, S.Noʻmonjonov, institut yoshlar yetakchisi I.Abdulxamidov, institut «Sport klubi» murabbiylari, fakultetlar tyutorlari hamda sportchi-talabalar ishtirok etdilar.
Musobaqa yakuniga koʻra Ingliz filologiyasi, oʻqitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Ingliz tili va adabiyoti fakulteti jamoasi 2-oʻrinni egallagan boʻlsa, Roman-german va slavyan tillari fakulteti jamoasi 3-oʻrindan joy oldi.