TALABA-YOSHLAR BILAN SOGʻLOM TURMUSH TARZI BOʻYICHA DAVRA SUHBATI TASHKIL QILINDI

Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) CD4+ T-hujayralari soni 1 mikrolitr uchun 200 hujayradan kam boʻlgan OIV infeksiyasi yoki OIV infeksiyasi bilan bogʻliq oʻziga xos kasalliklarning paydo boʻlishi sifatida aniqlanadi. Maxsus davolash boʻlmasa, OIV bilan kasallangan odamlarning qariyb yarmi oʻn yil ichida OITSni rivojlantiradi.

Bugun – 07.02.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutiga Andijon viloyati OITS markazi mutaxassisi I.Oʻktamov tashrif buyurdi hamda Ingliz tili va adabiyoti fakulteti tyutori D.Xakimovga biriktirilgan talaba-yoshlar bilan “Sogʻlom turmush tarsi” haqida suhbat oʻtkazdi. Suhbat davomida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Leave a Reply

Skip to content